Saudiya Arabistonida korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasi doirasida hibsga olinganlar soni 201 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat prokurori bayonot berdi, deb xabar qiladi Meduza.
Uning so‘zlariga qaraganda, 4-noyabrdan buyon 208 kishi so‘roq qilindi va ulardan faqat olti nafari ayblovsiz qo‘yib yuborildi.
Bosh prokurorning aytishicha, uch yillik tekshiruv davomida korrupsiya va mansabni suiiste’mol qilish oqibatida 100 milliard dollar yetgani aniqlangan.
Izoh (0)