Suriyaning ofisi Turkiyada joylashgan Qasioun axborot agentligi muxbiri Xama viloyati sharqidagi Serxa qishlog‘ida tank tomonidan o‘qqa tutildi. U voqeani videoga olib, rolikni YouTube’da e’lon qildi.
Rolikka berilgan izohda “rejimning chet el jangarilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kuchlari” qishloqqa tomon siljimoqchi bo‘lgani, ammo muvaffaqiyatga erisha olmagani, buning natijasida muxolifat Xama shimoli-sharqidagi bir qancha aholi yashash punktlarini nazorat ostiga olgani aytiladi.
Jangda qaysi tomonning zirhli texnikasi ishtirok etgani aytilmagan. Ma’lumki, Suriyada nafaqat hukumat qo‘shinlari, balki muxolifat va hatto jangarilar ham zirhli texnikaga ega.
Izoh (0)