To‘rtko‘l tumani Temiryo‘l ko‘chasi 19-uyda yashovchi Baxtiyar Rahmatullayev tumandagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga norozilik arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, iste’molchining xonadoniga asossiz 1 648 990 so‘m qarzdorlik haqida ogohlantirish xati yuborilganligi aytilgan
To‘rtko‘l tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaat ko‘rib chiqildi. Xonadonning ichimlik suvi ta’minoti korxonasidan hech qanday qarzi yo‘q ekanligi aniqlanib, bu haqida iste’molchining xonadoniga jamiyat tomonidan murojaatga javob xati jo‘natildi.
Izoh (0)