Apple iPhone X displeyi sarg‘ayib o‘ngib qolishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb yozadi Mashable.
Bunday effekt ekranda yuqori kontrastli tasvir uzoq vaqt davomida ochib qo‘yilganidan so‘ng yuzaga kelishi mumkin. Mashable qayd etishicha, displeyning sarg‘ayib qolishi muammosi Pixel 2 XL smartfonlari borasida Google’ning boshiga ham tushgan.
Apple texnik ko‘mak saytiga kompaniyaning o‘zi “sohadagi eng yaxshisi” deb ataydigan Super Retina displeyining sarg‘ayib ketishi oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar joylandi.
Izoh (0)