2017-yil meteokuzatuvlar tarixidagi uch eng issiq yildan biriga aylanadi. Bu haqda, Butunjahon meteorologiya tashkiloti bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Tadqiqot natijalari Bonnda taqdim etildi. Germaniyaning ushbu shahrida sayyorani iqlim o‘zgarishlaridan himoya qilish bo‘yicha xalqaro sammit o‘tmoqda.
2017-yilning o‘n oyi davomida havo harorati 2016-yil ko‘rsatkichlaridan oshmadi. O‘shanda El-Ninyo davri tufayli rekord o‘rnatilgan edi, lekin 2015-yildan oldingi barcha yillarga nisbatan havo harorati balandroq bo‘lgan edi. El-Ninyo fenomeni Tinch okeani mintaqasidagi iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq. 3–7 yildan buyon ushbu okean yuzasida havo haroratining ko‘tarilishi kuzatilmoqda, bu esa tabiiy ofatlar sonini oshirmoqda.
Xalqaro tashkilot bosh kotibi Petteri Taalas oxirgi uch yil meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq davr bo‘lganini va havoning isib borishi bilan bog‘liq umumiy trend saqlanib qolishini bildirdi.
Izoh (0)