AQShda turli murakkablikdagi giperovozli qurollar yaratilishining muddatlari ma’lum qilindi. Bu haqda Scout Warrior nashri xabar bermoqda.
Nashr AQSh harbiy-havo kuchlari ilmiy ishlanmalar uchun mas’ul Jeffri Zaxarias bilan suhbatlashdi. Ekspertning so‘zlariga qaraganda, bu sohadagi taraqqiyot o‘n yillab texnologik rivojlanish davom etishini talab etadi.
Razvedka apparatining uchuvchisiz parvozi 2030-yillarda amalga oshirilishi kutilmoqda, ovozdan tez ko‘p marotabalik ishlanmalar esa 2040-yillarda havoga ko‘tariladi. Taxminan o‘sha davrda giperovozli platformalar chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular turli turdagi ishlanmalar, xususan, raketalar va razvedka dronlari uchirilishini ta’minlaydi.
Zaxariasning fikricha, aynan yigirma-o‘ttiz yil ichida bu sohalarda yetarli taraqqiyotga erishiladi.
Izoh (0)