Kaskadyor Viktoriya Kolesnikova “Rostex” korporatsiyasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan “Ratnik” jangovar ekipirovkasiga mo‘ljallangan armiya soatini harbiy poligonda sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Soat yuqori chidamlilikka ega bo‘lib, uning vazni 100 grammdan oshmaydi. Shuningdek, uskuna elektromagnit ta’sirga yuqori qarshilik ko‘rsatadi hamda yadroviy portlashdan keyin ham ishlashda davom etadi.
Soat quruqlikdagi qo‘shinlar, desant, qirg‘oq qo‘shinlari va maxsus otryadlarda xizmat qiluvchi harbiylar uchun mo‘ljallangan.
Izoh (0)