Osiyo Chempionatining saralashini Tojikistonda o‘tkazayotgan O‘zbekiston yoshlar termasi o‘zining ilk o‘yinida Shri-Lankani 10:0 hisobida taslim qildi. Shu tariqa Aleksandr Mochinov shogirdlari guruhda kim gegemon ekanini ko‘rsatishni boshladi.
Bellashuvda Jahongir Abdusalomov poker qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Islom Kenjaboyev va Sanjar Zokirov 2 tadan gol urishga erishdi.
Saralashning dastlabki turida 2 ta durang natija qayd etilgan bo‘lib, mezbon Tojikistonning Bangladeshni yenga olmagani shov-shuvli deb qaralgandi.
OCh U19. O‘zbekiston termasining 4 ta raqibi 2 ochkoni boy berdi. Saralash oson o‘tishi mumkin
OCh U19. Saralash “B”guruhi o‘yinlari Hisor, Tojikiston1-tur. 31-oktabrMaldiv — Shri-Lanka 2:2Bangladesh — Tojikiston 0:0
2-tur. 2-noyabr
Shri-Lanka — O‘zbekiston 0:10
Gollar: Jahongir Abdusalomov, 3 (1:0). Dilshod Saidov, 11 (2:0). Islom Kenjaboyev, 18 (3:0). Jahongir Abdusalomov, 21 (4:0). Islom Kenjaboyev, 25 (5:0). Sanjar Zokirov, 63 (6:0). Sanjar Zokirov, 67 (7:0). Jahongir Abdusalomov, 78 (8:0). Akmal Mozgovoy, 83 (9:0). Jahongir Abdusalomov, 89 (10:0).Maldiv — Bangladesh 0:1
3-tur. 4-noyabrO‘zbekiston — Maldiv 12:00Tojikiston — Shri-Lanka 15:00
4-tur. 6-noyabrBangladesh — O‘zbekiston 14:00Tojikiston — Maldiv 17:00
5-tur. 8-noyabrShri-Lanka — Bangladesh 14:00O‘zbekiston — Tojikiston 17:00
Izoh (0)