Eronning diniy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy AQShni Eronning asoiy dushmani deb hisoblaydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bu haqda u yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvlaridan birida aytib o‘tdi.
“Biz uchun AQSh — asosiy dushman, bu pessimistik qarash emas, bu tajribaga asoslangan xulosa”, — dedi u.
Diniy rahnamo, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning Eronni terrorni qo‘llab-quvvatlashi borasidagi ayblovlariga izoh berib o‘tdi.
“Bu ahmoqona bayonot amerikaliklar nafaqat Eron rahbariyati, balki butun Eron xalqiga dushmanligini ko‘rsatadi”, — ta’kidladi u.
Izoh (0)