Ukraina migratsiya xizmati muxolif siyosatchi Mixail Saakashviliga qochqin maqomini berishdan yana bir bor bosh tortdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tegishli qarorda aytilishicha, bu masalada Saakashvili tomonidan kiritilgan ariza asosli deb topilmagan, shu bois unga yana bir bor rad javobi berilgan.
Muqaddam bu boradagi so‘rov rad etilgan edi. Ukraina rasmiylari pasporti bekor qilingan hamda qochqin maqomi taqdim etilmagan Saakashvilini Gruziyaga deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)