AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Xellouin bayramini Oq Uyda nishonladi. Juftlik ko‘p yililk an’anani buzmadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Bayram Vashingtondagi qarorgohda joylashgan o‘tloqda bo‘lib o‘tdi. Donald va Melaniya Tramp skeletlar, “Yulduzli janglar” personajlari, dinozavrlar obrazida kelgan bolalarga sovg‘alar tarqatdi.
Oq Uyning o‘zi bayram munosabati bilan o‘rgimchaklar va ko‘rshapalaklar yurgan sun’iy o‘rgimchak to‘ri bilan bezatildi. Shuningdek, bino yaqinida ulkan qovoqlar joylashtirildi, ularga oldingi AQSh prezidentlarining qiyofalari tushirilgan edi.
Prezident va uning rafiqasi bayram munosabati bilan maskarad kostyumlarini kiymadi.
Izoh (0)