Xitoyning Xunan provinsiyasidagi Chansha shahrida yashovchi 57 yoshli ayolning burnidan tish olib tashlandi, deb xabar beradi Daily Mail.
Ayol bir necha o‘n yillab burundan qon ketishidan aziyat chekkan. U mazkur muammo burunning shilliq qavatining yallig‘lanishi oqibatida yuzaga kelgan, deb taxmin qilib kelgan.
Shifokorlar bemor burnining o‘ng bo‘shlig‘ida g‘ayrioddiy obyektni payqadi. Dastlab ular ayolning burniga yot jism, masalan kichikroq tosh kirib qolgan, degan qarorga keldi. Biroq operatsiya vaqtida burundan tish o‘sib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi.
Tish olib tashlangach, qon oqishi to‘xtadi. Bundan tashqari, ayol shikoyat qilgan burun bitishi holati ham yo‘qoldi.
Izoh (0)