Tehronning Inqilob va Valiasr ko‘chalari kesishmasida yangi masjid qurilishi deyarli yakunlandi. Bu haqda “Iran segodnya” xabar bermoqda.
Inshootning balandligi 32 metr, undan atigi 20 metri yer ustida joylashgan. Ichkarida namoz o‘qiladigan katta xonalar, madaniy markazlar, imom qarorgohi va avtoturargoh joylashgan.
An’anaviy me’morchilik tarafdorlari minoralari va gumbazi bo‘lmagani uchun inshootni masjid sifatida tan olishni istamadi. Shuningdek, bir necha metr narida joylashgan mahobatli shahar teatri binosi tufayli masjid ko‘zga tashlanmaydi.
Masjid rasman yozda — qurilish boshlanganidan 10 yil o‘tib ochilishi lozim. Uning barpo etilishi deyarli yakunlangan, biroq moliyalashtirish to‘xtatilgani uchun uchun interyer ustidagi ishlar oxiriga yetmay qoldi.
Hozirda inshoot taqdiri noma’lum bo‘lib turibdi. OAV masjid islom madaniy markaziga aylanishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)