Kongress Shimoliy Koreyaga nisbatan harbiy kuch ishlatishga ruxsat bermagan. Bu haqda senat xalqaro ishlar qo‘mitasidagi eshituvlar chog‘ida AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Eshituvlar davomida senatorlardan biri Tillersondan Kongressning KXDRga nisbatan harbiy kuch ishlatishga ruxsati olinmaganini tasdiqlashni so‘radi.
“Meni tushunishimcha, olinmagan”, — dedi Tillerson.
AQSh konstitutsiyasiga muvofiq, urush e’lon qilish Kongress vakolatiga kiradi.
Izoh (0)