Sitsiliya mafiyasi boshlig‘i o‘z o‘g‘liga politsiyachi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan singlisini o‘ldirishni buyurdi, deb yozadi “RIA Novosti”. Italiya huquq-tartibot organlari bundan orolda uyushgan jinoyatchilik bilan kurash bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus operatsiyalar chog‘ida xabar topgan.
Operatsiya davomida 16 kishi qo‘lga olingan, ular jinoiy hamjamiyatni tashkil qilganlikda va tadbirkorlarga nisbatan tovlamachilik qilganlikda gumonlanmoqda.
Hibsga olinganlar orasida yarim yil avval tovlamachilik uchun to‘qqiz yil qamalib chiqqan 71 yoshli Juzeppe Skaduto ham bo‘lgan.
Tergovchilar uning telefon suhbatlarini yashirincha tinglab, qizining politsiyachi bilan munosabatidan xabar topgach, o‘z o‘g‘liga ularning ikkalasidan ham qutulishni buyurganidan xabar topgan. Ammo 30 yoshli o‘g‘li uning bu buyrug‘ini bajarishdan bosh tortgan.
Izoh (0)