31-oktabr sanasi bilan Samarqand viloyati hokimligining “Zarafshon” gazetasida “Yolg‘on raqam daromad emas” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Unda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan bir necha fermerlar tomonidan paxta rejasini qo‘shib yozish holatiga munosabat bildirilgan, deb xabar beradi Uz24.
30-oktabr kuni mamlakatimiz bosh vaziri A. Aripov olib borgan paxtani yog‘in-sochin kunlarga qolmay yig‘ib-terib olishga bag‘ishlangan favqulodda selektor yig‘ilishida ishtirok etdik.Maqolada “ko‘zbo‘yamachilik, qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yayotganlar xalqimizning halollik kabi qadriyatini toptagan kimsalardir”, deyilgan.Ochig‘i, yig‘ilishda aytilgan gaplarni tinglab, suyagi paxta dalalarida qotgan va sohada ko‘p yillik tajribaga ega dehqon-fermer sifatida bir jihatdan, uyatdan yuzimiz qizardi, ikkinchi jihatdan, bunday qing‘irliklarni fosh etgan Prezidentimizga rahmat aytdik.
Garchi, qishloq xo‘jaligi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaralari natijasida paxta yetishtirishda dehqon ulkan imkoniyatlarga ega bo‘lgan, paxtadan olinadigan daromad mamlakatimiz, xalqimiz, ayniqsa, fermerlar, qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari uchun naqadar katta iqtisodiy foyda keltirayotgan bo‘lsa-da, ayrim joylarda qo‘shib yozish, soxta ma’lumotlar berish holatlari borligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, murojaatda bu yil paxta hosili barcha tumanlarda, viloyatlarda mo‘l va sifatli bo‘lgani, terimga haq to‘lashning kundalik tizimi yaratilgani, tarozi joylari va paxta zavodlarida jamoatchilik nazorati, elektron kuzatuvlar yo‘lga qo‘yilgani qayd etilgan holda, “bu sharoitda qo‘shib yozishga ehtiyoj bormidi?”, deb savol tashlangan.
30-oktabr kuni Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyev hamda Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Uzoqov egallab turgan lovozimidan ozod etildi. Hokimlarning ishdan olinishiga 2017-yilgi paxta mavsumida ushbu viloyatlarda hosil qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilgani sabab sifatida aytildi.
Izoh (0)