Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlashda faol ishtirok etuvchi ish beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi, deb xabar beradi UzReport.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada 2018-yildan boshlab “Ijtimoiy mas’uliyat va samaradorlik” reyting tizimini joriy qilish ko‘zda tutilgan.
Reyting aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, sobiq harbiy xizmatchilar, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ish o‘rinlarini yaratgan ish beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini tatbiq etishni o‘z ichiga oladi.
Qayd etilishicha, “TOP-100” yuzta eng yaxshi tashkilotlarning reytingi har yilning 15-dekabrigacha shakllantiriladi va sertifikat topshirish jarayoni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Loyihani moliyalashtirish O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Bandlikka ko‘maklashish Budjetdan tashqari jamg‘armasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mablag‘lari evaziga amalga oshiriladi.
Izoh (0)