Qatar amiri Tamim bin Hamad At-Taniy SBS telekanali efirida Fors ko‘rfazi mamlakatlari Qatarning mustaqil pozitsiyasi tufayli u bilan qarama-qarshi bo‘lganligi va mamlakatdagi rejimni o‘zgartirishga intilayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
At-Taniy Qatar mojaro bartaraf etilishini istasa-da, hech qachon o‘z mustaqilligidan chekinmasligini ta’kidladi.
“Ularga bizning mustaqilligimiz, hudud taraqqiyotiga o‘z qarashlarimiz ma’qul kelmayapti”, — deydi u.
Amirning so‘zlariga ko‘ra, uning muxolifatchilariga demokratiyaga intilish, Qatar Al Jazeera telekanalini qo‘llab-quvvatlayotgani yoqmayapti.
Izoh (0)