Ispaniya federal hukumati tomonidan mansabidan chetlatilgan Kataloniya prezidenti Karles Puchdemon Bryusselga chiqib ketdi. Bu haqda, mahalliy matbuotga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Puchdemon bilan birga Kataloniya hukumatining besh a’zosi Belgiyaga yo‘l oldi.
Belgiya migratsiya ishlari vaziri Teo Franken Puchdemonga siyosiy boshpana taqdim etilishi mumkinligini tasdiqladi. Frankenning so‘zlariga qaraganda, Ispaniya rasmiylari unga qamoq jazosi berilishi mumkinligi haqida gapirilmoqda.
“U qay darajada adolatli sudga umid qilishi mumkin, bu muammo”, — qo‘shimcha qildi vazir.
Izoh (0)