Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nyu-York sudi IShID safiga qo‘shilishga uringan O‘zbekiston fuqarosi Abdurasul Jo‘raboyevni 15 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda AQSh adliya vazirligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Forum Daily

Foto: Forum Daily

“Javobgar IShID a’zosi sifatida zo‘ravonliklarni amalga oshirishga uringan va AQSh hamda undan tashqarida faoliyat ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan”, — deyiladi AQSh adliya vazirligi saytida joylashtirilgan press-relizda.

Hujjatda 2014-yili Jo‘raboyev o‘zbek tilidagi saytda xudkush bo‘lish va o‘sha paytdagi AQSh prezidenti Barak Obamani o‘ldirish istagini bildirgani ko‘rsatilgan.

Oldinroq tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Abdurasul Jo‘raboyev 2015-yil martida Suriyaga borish uchun Nyu-Yorkdan Istanbulga uchishga harakat qiladi. O‘sha yili 14-avgustda u o‘z aybini tan oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi