Kanada politsiyasi Monrealda yashovchi Taufik Moallani mashinada baland ovozda qo‘shiq kuylagani uchun 150 kanada dollari miqdorida jarimaga tortdi. Politsiya xodimlari uning qo‘shiq kuylashini jamoat tartibini buzish, deb hisobladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Moallaning aytishicha, u uyidan do‘konga mashinada ketayotgan vaqtda politsiyachilar uni to‘xtatgan. Moalla C+C Music Factory guruhining 1990-yillarda mashhur bo‘lgan qo‘shiqlaridan birini kuylab ketayotgan edi.
Moalla jarima yuzasidan sudga murojaat qilishga hozirlanmoqda.
Izoh (0)