Toshkentda 24-oktabr, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 14:10 atrofida Moliya instituti binosi oldida inson o‘limi bilan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, 1970-yilda tug‘ilgan Turkiya fuqarosi boshqaruvidagi Spark katta tezlikda 60—70 yosh oralig‘idagi ayolni urib yuborgan.
“Bundan tashqari, haydovchi to‘qnashuv yuz berganidan so‘ng, avtomobilni zudlik bilan to‘xtata olmagan va jabrlanuvchi ayolni taxminan 15—20 metr davomida sudrab borgan”, — deyiladi UzNews xabarida.
Jabrlanuvchi ayol olgan jarohatlari sabab hodisa joyida vafot etgan.
Izoh (0)