O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon Samarqand viloyatining chekka qishloqlarida mehnat qilayotgan paxtakorlarga yordamlashish uchun bordi. Bu haqda xonanda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Hamma Toshkent viloyatida, men bo‘lsa Samarqandning chekka qishloqlariga ketdim. Azizlar, dehqonlarimiz ne mashaqqatlar bilan yetishtirgan bu paxtalarni o‘zimiz terib olmasak kim teradi?”, — deb yozadi xonanda.
Sardor Rahimxon shuningdek, paxtakorlarning yashashi, sifatli ovqatlanishi uchun hamma sharoitlat yaratilganini va ularga mehnat haqi o‘z vaqtida to‘lanayotganini ta’kidladi.
https://www.instagram.com/p/BagaY1ClFkn/
https://www.instagram.com/p/BagbeilFQud/?taken-by=sardorahimxon
Mavzuga doir: “Hamma — paxtaga”: O‘zbek shou-biznesi terimga chiqdi
Izoh (0)