Rossiyaning Primorye o‘lkasida O‘zbekiston fuqarosi ishtirokida YTH ro‘y berdi. Bu haqda 1News xabar qildi.
Mahalliy matbuotda aytilishicha, 21-oktabr kechki soatlarda huquq-tartibot organlari xodimlari katta tezlikda kelayotgan Nissan Skyline avtomobilini payqagan. Ular to‘xtashni talab qilishiga qaramay, haydovchi buyruqqa bo‘ysunmay, tezlikni yanada oshirib qochib ketgan.
Politsiya xodimlari unga yetib olguniga qadar avtomobil ikki yo‘l belgisini ag‘dargan va yoritish chirog‘i ustuniga urilgan. Salonda uch kishi — bir rossiyalik ayol va ikki chet el fuqarosi bor edi.
Mashina haydovchisi voqea joyini tark etishga ulgurmay huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlandi. U O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi.
Serj ismli haydovchi haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganini, shu bois to‘xtamay o‘tib ketishga uringanini tan oldi.
Izoh (0)