Turkiya Iroq Kurdistonidan keladigan samolyotlar uchun havo hududini yopishga qaror qildi. Shuningdek, Turkiya samolyotlari ham muxtoriyat hududiga uchib kirmaydi. Bu haqda Turkiya bosh vazirining o‘rinbosari Bakir Bo‘zdog‘ bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
Qaror Anqaradagi prezident saroyida o‘tgan xavfsizlik kengashi yig‘ilishi chog‘ida qabul qilindi. Yig‘ilishga prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on raislik qildi.
Shuningdek, xavfsizlik kengashi Iroq hukumat qo‘shinlari Turkiya va Kurdiston chegarasidagi Ibrohim Halil o‘tkazish punktini nazorat ostiga olishiga ruxsat berishni tavsiya etdi.
Yig‘ilishda Turkiya Iroqning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.
Izoh (0)