Mogadishodagi portlash qurbonlari soni 276 kishiga yetdi, deb yozadi “Gazeta.ru” Somali axborot vaziri Abdurahmon Usmonga tayanib.
“‘Ash-Shabob’ guruhi terrorchilarining Mogadishodagi varvarlik hujumi natijasida ayni paytgacha halok bo‘lganlar soni 276 kishiga yetdi, qariyb 300 kishi jarohatlandi”, — deb yozdi u Twitter’da.
Usmonning so‘zlariga ko‘ra, Jibuti, Keniya va Efiopiya portlashda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.
Izoh (0)