Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) bilan hamkorlik qilmagani uchun servisni jarimaga tortgan sud qaroriga qarshi apellyatsiya kiritishini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Durovning so‘zlariga qaraganda, qaror ustidan “FSB da’vosini Rossiyaning asosiy qonuni — konstitutsiyasi bilan tanish sudya ko‘rib chiqmaguniga qadar shikoyat qilish mumkin”ligini ta’kidladi.
Shuningdek, u mazkur masala bilan shug‘ullanishni istaydigan huquqshunoslar guruhi to‘planayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)