Ukraina bosh prokuraturasi matbuot kotibi Larisa Sargan Facebook’dagi sahifasida bosh prokurorning sobiq birinchi o‘rinbosari Renat Kuzminning otasi uyidan topilgan oltin belkurak suratini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Oltin baton? Tilla quyma? Yo‘q, oltin belkurak! O‘tgan yil dekabrida Yanukovich davridagi bosh prokurorning sobiq birinchi o‘rinbosari otasi uyidan shunday buyum topildi”, — deya ozuv qoldirdi Sargan.
Matbuot kotibiga ko‘ra, 2008—2010-yillarda Kuzmin xizmat lavozimini suiiste’mol qilgan va soxta hujjatlar yordamida davlat yer uchastkasini qo‘lga kiritgan.
Hozirda bosh prokurorning sobiq birinchi o‘rinbosariga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Izoh (0)