Yil boshidan beri 600 dan ortiq turk davlat xizmatchisi Germaniyada siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqda “Kommersant” ma’lum qildi.
Davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng Turkiya rasmiylari tomonidan qo‘llanayotgan ta’qiblar bunga sabab bo‘lgani bildirilmoqda.
Germaniya IIV statistikasiga ko‘ra, joriy yil yanvaridan sentabr oyi o‘rtalariga qadar 250 nafar diplomatik pasport egasi va 380 nafar yuqori martabali davlat mansabdori qochoq maqomini olish istagini bildirdi.
Izoh (0)