Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Andrey Malaxov xususiy telekompaniya tashkil etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Telekompaniya “TV Xit” deb nomlanadi va u teleloyihalar yaratish bilan shug‘ullanadi.
Malaxovning kompaniyadagi ulushi 50 foizni tashkil etadi. Ulushning qolgan qismi esa prodyuser va mediamenejer Aleksandr Mitroshenkovga tegishli.
Malaxov “TV Xit”ning bosh prodyuseri sifatida faoliyat yuritadi, bosh direktor lavozimini esa Rossiya televideniye akademiyasi a’zosi Aleksandra Novikova egallagan.
Izoh (0)