KXDR yadroviy quroldan voz kechish masalasida hech qachon muzokaralar olib bormaydi. Bu haqda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo Pxenyanda “TASS” delegatsiyasi bilan o‘tkazgan uchrashuvida bayonot berdi.
“Prinsipial nuqtai nazarimiz shundan iboratki, yadroviy qurolimiz muzokara mavzusi bo‘lgan taqdirda biz hech qachon unday muzokaralarni yuritmaymiz”, — dedi u.
“Asosiysi AQSh KXDRga nisbatan siyosatini ildizi bilan yo‘q qilishi zarurligini oldin ham aytgan edik”, —qo‘shimcha qildi u.
“TASS”ning direktor Sergey Mixaylov boshchiligidagi delegatsiyasi KXDRda Koreya markaziy telegraf agentligi taklifiga binoan bo‘lib turibdi.
Izoh (0)