Myanmada roxinja musulmonlariga uyushtirilgan hujumlar aniq rejalashtirilgan va puxta tashkil etilgan edi, undan ko‘zlangan maqsad roxinjalarni mamlakatdan qaytib kelmaydigan qilib chiqarib yuborish edi. Bu haqda BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari ofisi ekspertlari tomonidan tayyorlangan hisobotda aytildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ekspertlar jamoasi 14–24-sentabrda Bangladeshda bo‘lib, 65 so‘rov o‘tkazdi. To‘plangan ma’lumot asosida hisobot tayyorlandi. Jamoa Myanmada bo‘lmadi.
“Roxinjalarning Shimoliy Rakxayn shtatidagi qishloqlari, uylari va xususiy mulki yo‘q qilinishi bu yaxshi tashkillashtirilgani va muvofiqlashtirib borilganini ko‘rsatadi hamda shtatda politsiya idorasi va qo‘shinlar shtab-kvartirasiga uyushtirilgan davomli hujumlardan so‘ng uyushtirilgan harbiy operatsiyaning oqibatida kelib chiqqan ko‘zlanmagan zarar ekanligi haqidagi taxminga zid keladi”, — deyiladi hujjatda.
Ekspertlar Myanma qurolli kuchlari bu xalq vakillarini qasddan qo‘rqitganini, bu bilan ularda qaytish niyati tug‘ilmasligiga erishishni istaganini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)