Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 3-sentabrga o‘tar kechasi yuz bergan talonchilik holati bo‘yicha gumonlanuvchi shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda, tuman IIBga asoslanib, “Telegraf.uz” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 3-sentabrga o‘tar kechasi biri muqaddam sudlangan, ikkinchisi muqaddam sudlanmagan ikki kishi Yozuvchilar ko‘chasida boshqa bir fuqaroga zo‘rlik ishlatib, uning shimi cho‘ntagini yirtgan hamda yonidagi 16 ming dollarni olib, voqea joyidan yashiringan.
“Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 166-moddasi, 3-qismi, ‘v’ bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. Gumonlanuvchi shaxslar tuman IIBda saqlanmoqda”, — deyiladi “Telegraf.uz” xabarida.
Izoh (0)