Qozog‘istonning Rossiyadagi konsulligi vakillari Vladimir viloyatidagi yo‘l-transport hodisasi yuz bergan hududga yo‘l oldi. Bu haqda Qozog‘istonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot kotibi Janar Kolbachayevaga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Hodisa joyiga konsulligimiz vakillari yo‘l oldi. Avtobus haydovchilari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgani, ulardan biri halok bo‘lgani, ikkinchisi kasalxonada ekani ma’lum”, — dedi u.
6-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 3:39 da (Toshkent vaqti bilan 5:39 da) Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida avtobus poyezd bilan to‘qnashdi. To‘qnashuv oqibatida, Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 16 kishi halok bo‘lgan. Ularning 15 nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.
Izoh (0)