Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiyaning Vladimir viloyatida ro‘y bergan YTH munosabati bilan mamlakat prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubini yo‘lladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Vladimirda poyezdning avtobus bilan to‘qnashgani, buning oqibatida ko‘plab odamlarning nobud bo‘lgani va yaralangani haqidagi xabar meni larzarga keltirdi, — deyiladi maktubda. — Sizga va mamlakat fuqarolariga samimiy hamdardligimni bildirishni istayman va halok bo‘lganlarning qarindoshlariga ta’ziyamni, jabrlanganlarga esa tezroq tuzalish tilaklarimni yetkazib qo‘yishingizni so‘rayman”.
Rossiya matbuotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan. O‘z navbatida, O‘zbekiston TIV halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 19 kishini tashkil etgani borasida bayonot bilan chiqdi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, avtobusni akkumulyatori zaif bo‘lgani uchun o‘t oldirib bo‘lmagan. O‘zbekistonlik shifokorlar Vladimirdagi YTHda jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Rossiyaga uchib ketdi.
Hodisa oqibatida biror Rossiya fuqarosi jabrlanmadi.
Izoh (0)