Germaniyaga yopirilgan “Ksaver” po‘rtanasi 4 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Gamburgda ildizi bilan qo‘porilgan daraxt avtomobil ustiga tushib, uning ichidagi ayolni bosib qoldi. Bir yo‘lovchi ayol esa kasalxonaga yetkazildi.
Noy-Karshtedt shahrida ham yuk mashinasi haydovchisi daraxt qulashi qurboni bo‘ldi. Yana ikki kishi Bradenburg yerida halok bo‘ldi.
O‘z navbatida, Bild Bradenburgda 4 kishi hayotdan ko‘z yumganini bildirdi. Shu tariqa, halok bo‘lganlarning umumiy soni 6 kishini tashkil etadi.
Deutsche Bahn temir yo‘l kompaniyasi Germaniya shimoli va mamlakat sharqidagi ayrim mintaqalarda poyezdlar harakatlanishini to‘liq to‘xtatdi.
Izoh (0)