Kosta-Rika prezidenti Luis Gilyermo Solisning farmoniga asosan, mamlakatga “Neyt” tropik to‘foni yopirilgani sabab favqulodda holat rejimi va qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilindi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat kamida yetti kishining umriga zomin bo‘lgan va yana 10 kishi suv toshqini oqibatida bedarak yo‘qolgan.
“Biz butun mamlakat bo‘ylab milliy favqulodda holatni joriy etishga, shuningdek, favqulodda holatni bartaraf etuvchi kuchlar va zarur ma’muriy xodimlardan tashqari barcha uchun payshanba va jumani dam olish kuni deya e’lon qildik”, — deb yozadi Solis o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Bundan tashqari, rasmiylar mamlakat hududidagi barcha maktablarda payshanba va juma kunlar o‘quv mashg‘ulotlari to‘xtatilishini ma’lum qildi.
Izoh (0)