Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev xalqaro hamjamiyatdan Armanistonga qarshi sanksiyalar joriy etilishini talab qildi. Bu haqda “Interfaks”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Agarda xalqaro huquq va gumanitar normalarni qo‘pol ravishda buzgan Armanistonga qarshi sanksiyalar, jiddiy sanksiyalar qo‘llanilganida, balki mojaro allaqachon barham topgan bo‘lardi. Xalqaro hamjamiyatning Armanistonga nisbatan bunday mo‘tadil siyosati ularda qonunni buzgan holda bizning yerlarimizda qolish mumkinligi tasavvurini uyg‘otadi”, — dedi Aliyev Yevropa kengashi delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
Shuningdek, u Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi asoschilarini Armanistonga nisbatan bosimni kuchaytirishga chaqirdi.
Izoh (0)