Oklaxoma shtati huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda Las-Vegasdagi kabi otishma uyushtirish bilan tahdid qilgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Politsiyachilar 39 yoshli Roderik Lamar Robinsonni uyida hibsga oldi.
U ijtimoiy tarmoqlar orqali Oklaxoma-Siti va Texas shtatining San-Antonio shaharlarida bir necha kishini o‘ldirish bilan tahdid qilgandi.
Robinson o‘z rejasini Las-Vegaslik mergan harakatlari bilan taqqoslagani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Stiven Peddok Las-Vegasdagi kantri-festivalda uyushtirgan AQSh tarixidagi eng yirik ommaviy qotillik oqibatida 59 kishi halok bo‘ldi, 527 kishi yaralandi.
Izoh (0)