Rossiyaning Perm o‘lkasida yashovchi ayol uning ikki yoshli qizining nomiga kapital ta’mir jamg‘armasidan to‘lov kvitansiyalari kelayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Qizchaning nomiga kelgan kvitansiyada qayd etilishicha, uning jamg‘armadan 10 ming rubl qarzi bor.
“Qizim hali bog‘chaga ham borgani yo‘q, biroq shuncha qarzi bor”, — deydi qizchaning onasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uy sotib olayotganda barcha zarur hujjatlarni, jumladan farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarini ham taqdim etgan.
“Biroq, barcha kvitansiyalar hozirgi kunga qadar ikki yoshli qizchaning nomiga keladi”, — deydi ayol.
U shuningdek, parallel tarzda kvitansiyalar uning nomiga ham kelishini qo‘shimcha qildi. Biroq ularda ayolning familiyasi noto‘g‘ri yozilgan.
Kapital ta’mir jamg‘armasi xodimlari ma’lumotlarni to‘g‘rilash uchun ularga murojaat qilishni tavsiya etgan.
Izoh (0)