• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda tuman va shaharlar iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi loyihalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

    Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tuman (shahar)larda iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi drayver loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

    Foto: Navoiy viloyati hokimligi

    Qarorga ko‘ra, prezidentning “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarda iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida zaxira va imkoniyatlarni ishga solish hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

    Drayver loyiha deganda hududning zaxira va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ma’lum iqtisodiy o‘sishni, o‘zgarishni yoki harakatlantiruvchi omilni yuzaga keltiradigan sanoat, xizmatlar ko‘rsatish sohalari va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga turtki beradigan loyihalar tushuniladi.

    Bunday loyihalarni shakllantirish va ularni samarali amalga oshirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lar hokimliklari mas’ul hisoblanadi.

    Quyidagilar drayver loyiha amalga oshiriladigan sohalar va yo‘nalishlar hisoblanadi:

    Sanoatda:

    • mahallalar ixtisoslashuvidan kelib chiqib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytirish uchun mikrosanoat markazlarini tashkil etish;
    • maxsus iqtisodiy va sanoat zonalaridagi bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish;
    • bo‘sh turgan bino va inshootlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
    • oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saralash, qadoqlash hamda saqlashni yo‘lga qo‘yish;
    • ixtisoslashgan mahallalarda kooperatsiya asosida ishlab chiqarishni kengaytirish;
    • ishlab chiqarish korxonalari quvvatidan to‘liq foydalanish va kengaytirish;

    Xizmat ko‘rsatishda:

    • yo‘llar bo‘ylarida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini, shu jumladan, Service point va Service area’lar tashkil etish;
    • tuman markazi va unga tutash hududlardan oqib o‘tuvchi suv havzalari bo‘ylarida, tabiiy va sun’iy ko‘llar qirg‘oqlarida sohilbo‘yi turizm va dam olish maskanlarini tashkil etish;
    • turizm obyektlari (uy mehmonxonalari, savdo shoxobchalari va boshqalar) tashkil qilish orqali tashrif buyuruvchilar (xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish) sonini oshirish hamda ularga uzoq muddat qolish imkoniyatlarini yaratish;
    • aholi gavjum joylarda savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tunu kun faoliyat ko‘rsatuvchi zamonaviy ko‘chalarni tashkil etish;
    • master-reja ishlab chiqilgan hududlardagi istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
    • istirohat bog‘larini kengaytirish va zamonaviylashtirish orqali qo‘shimcha savdo-servis obyektlari hamda yashil hududlarni tashkil qilish;
    • hududlarda mavjud bozorlar quvvatlarini oshirish, faoliyatini tartibga solish, yangi bozorlar va ularning filiallarini tashkil etish;
    • davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bo‘sh turgan bino-inshootlardan maqsadli va samarali foydalanish;
    • renovatsiya asosida eski uylar o‘rnida pastki qavatlarida xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan ko‘p qavatli zamonaviy turar va noturar joy binolarini barpo etish uchun infratuzilmani yaratish;
    • hududlarni rivojlantirish bo‘yicha master-rejalarni ishlab chiqish;
    • yuqori daromadli kasblarga va xorijiy tillarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish;

    Qishloq xo‘jaligida:

    • aholiga ijara asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligi yer uchastkalaridan samarali foydalanish uchun infratuzilmani yaratish;
    • yer maydonlarini o‘zlashtirish, foydalanishdan chiqqan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish, yer maydonlarining suv ta’minotini yaxshilash;
    • eski bog‘ va tokzorlarni yangilash hamda ularning o‘rnida yangi serhosil (intensiv) bog‘larni tashkil etish orqali mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish;
    • ixtisoslashgan mahallalarda kooperatsiya asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish;
    • chorvachilik, baliqchilik, issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish.

    Bunda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz, ichimlik suvi va oqova suv, sug‘orish suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi) barpo etish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va boshqa qurilish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish uchun davlat budjeti hamda boshqa manbalardan mablag‘lar ajratiladi.

    Drayver loyihalar har yili 1-noyabrga qadar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi. Bir hafta muddatda manfaatdor vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga kiritiladi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ushbu drayver loyihalarni 10 ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 15 ish kuni ichida drayver loyihani joyiga chiqqan holda o‘rganadi va drayver loyihalarning yakuniy ro‘yxatini tasdiqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuboradi.

    Kelishilgan drayver loyihalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

    11 avgust, 13:02   Izoh (0)   707
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Rasmingni qo‘yib ham kaltaklayveradi, qayoqqa qochasan?” — Zoir Mirzayev OAVdan qochayotgan hokimlar haqida

    O‘zbekiston | 11 avgust, 17:00

    Bolada til chiqishi kechiksa: bu normal holatmi yoki rivojlanishdagi muammo?

    Farzand | 11 avgust, 16:50

    “Futbol TV” hamda “Sport TV” kuchli beshlik chempionatlarini translyatsiya qiladi

    Sport | 11 avgust, 16:45

    “Odamlar muhim qarorlarni ChatGPT’ga ishonib topshirayotgani meni xavotirga soladi” — Sem Altman

    Dunyo | 11 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 16:14

    Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod g‘oyib bo‘ldi — WSJ

    Dunyo | 11 avgust, 16:00

    Amerikalik sharhlovchi Bahodir Jalolov kimga qarshi jang qilish kerakligini aytdi

    Sport | 11 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.