Iroq qurolli kuchlari Xavija shahri IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari nazoratidan ozod etilganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabar berilishicha, aholi punkti IShIDning Iroq shimolidagi yagona tayanchi bo‘lgan. Ayni vaqtda faqatgina Iroqning Suriya bilan g‘arbiy chegarasidagi hudud jangarilar nazorati ostida qolmoqda.
Avvalroq, Suriya hududining 90 foizi terrorchilardan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)