Saudiya Arabistoni IIV xodimlari ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakatda “qarama-qarshi fiklarni alangalatgan” 40 dan ortiq odamni hibsga oldi. Bu haqda Al Arabiya telekanaliga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Idora vakillari 22 kishini, jumladan, ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda “muxolif g‘oyalarni” tarqatgani uchun Qatar fuqarosini hibsga oldi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot organlari xodimlari internetda “jamoat tartibini buzishga” chorlovchi videorolikni payqab qolishgan.
Shuningdek, telekanal Xeylning shimoliy hududlarida yana 24 kishi qabilalar o‘rtasida kelishmovchiliklarni yuzaga keltirishda gumonlanib, qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Nashrning xabar berishicha, gumonlanuvchilar o‘z saytlari oldinga siljishi uchun “yolg‘on targ‘ibotlar, qarama-qarshi fikrlar va qabilalar o‘rtasida kelishmovchilikni keltirib chiqaradigan” materiallarni tarqatishda ijtimoiy tarmoqlardan, maxsus xeshteglardan foydalanishgan. Hozirda politsiya qo‘lga olinganlarning shaxsini aniqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)