Moskva metrosining Sokolniki yo‘nalishidagi “Cherkizovskaya” bekatida poyezd ostida qolgan ayol oyoqlaridan ayrildi. Bu haqda “Moskva” shahar yangiliklari agentligiga favqulodda xizmatlardagi manba ma’lum qildi.
“Poyezd metroning ‘Cherkizovskaya’ bekatida yo‘lovchi ayolni urib yubordi. Jabrdiyda oyoqlaridan mahrum bo‘ldi. U poyezd ostidan chiqarib olindi va behush holda tez tibbiy yordam mashinasiga yetkazildi”, — aniqlik kiritdi agentlik manbasi.
Oldinroq metro matbuot xizmati Sokolniki yo‘nalishidagi “Sokolniki” va “Rokossovskiy xiyoboni” bekatlari o‘rtasida poyezdlar harakat yo‘lovchi bilan bog‘liq hodisa tufayli to‘xtatilganini bildirgandi. Hozirda harakat tiklangan.
Izoh (0)