Ekvador prezidenti Lenin Moreno mamlakat vitse-prezidenti vazifasini bajarishni uy-joy vaziri Mariya Alexandra Vikunyaga yukladi. Bu haqda prezident ma’muriyati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Xorxe Glas vaqtincha yo‘qligi davom etayotgan muddat mobaynida Ekvadorning konstitutsiyaviy vitse-prezidenti sifatida Mariya Alexandra Vikunya tayinlanadi”, — deyiladi ma’muriyat xabarida.
Rasmiylar korrupsiyaviy jinoyatlarda gumon qilinayotgan Xorxe Glasning qamoqqa olinishini mansabdorning “vaqtincha yo‘qligi” sifatida izohlamoqda. Glas o‘zini aybsiz hisoblamoqda, hibsga olingan vaqtida esa ta’tilga chiqishga qaror qildi.
Izoh (0)