IShID terrorchi guruhi jangarilari Suriya hukumat qo‘shinlariga AQSh harbiy missiyasi o‘rnashgan hududdan hujum qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu hujumlar Suriya–Iordaniya chegarasidagi at-Tanf aholi punkti atrofidagi 50 kilometrlik zonadan turib amalga oshirilgan.
“O‘sha hududda AQSh harbiy missiyasi joylashgan. Amerikaliklar u yerga terrorchilarni ta’qib qilayotgan hatto to‘p zarbi masofasiga ham yaqinlashtirmas edi”, — dedi harbiy amaldor.
Aytilishicha, Suriya armiyasi Palmira – Dayr az-Zavr trassasida terrorchilarni yo‘q qilishga katta kuch sarflagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)