Moskvaning Simonov tumani sudi sudyasi Xizir Mussakayev siyosatchi Aleksey Navalniyni ommaviy aksiyalar o‘tkazish tartibini qayta buzganligi uchun 20 sutkaga hibsga oldi, deb yozadi Meduza.
Ma’muriy bayonnoma tuzish uchun Korrupsiyaga qarshi kurash fondi yuridik xizmati rahbari Ivan Jdanov Navalniyning Nijniy Novgoroddagi bo‘lg‘usi mitingi haqida yozgan posti sababchi bo‘ldi. Shunga qaramay, sud siyosatchini aksiya uchun ruxsat olinmagan bo‘lsa-da, unda qatnashish uchun da’vatlarni uning o‘zi tarqatganligida aybdor deb topdi.
Navalniy uni o‘z saylov kampaniyasini qo‘llab-quvvatlab, butun Rossiya bo‘ylab mitinglar o‘tkazmasligi uchun qo‘lga olishganini aytdi.
Izoh (0)