AQSh hukumati Kubadan mamlakatdagi diplomatik missiyani jiddiy tarzda qisqartirishni talab qiladi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Reuters suhbatdoshiga ko‘ra, AQSh kubalik diplomatlarning uchdan ikki qismini chiqarib yuboradi. Kuba diplomatik missiyasi 60 foizga qisqarishini AP ham tasdiqladi.
Bu borada AQSh Davlat departamenti 3-oktabr kuni rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.
Kubalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi ular sonini AQShning Kubadagi elchixonasidagi personal soniga tenglashtirish uchun amalga oshiriladi.
Izoh (0)