• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12937.93
    • RUB161.1
    • EUR14665.14
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jasur Ibrohimovning kursdoshlari bir-biriga zid ko‘rsatma berdi

    Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasur Ibrohimovning o‘limi yuzasidan davom etayotgan sud eshituvlarida uning kursdoshlari bir-biriga zid ko‘rsatma berdi, deb xabar qiladi “Kommersant.uz”.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Deyarli uch soatcha davom etgan sud jarayonida taklif etilgan uch guvohdan ikki nafarining ko‘rsatmalari eshitildi. Guvohlar sudda mushtlashuv sodir etilgan kundagi voqealar ketma-ketligini tiklashga urindi.

    Sudda guvoh sifatida ishtirok etgan marhum Ibrohimovning kursdoshlari — Temur B. va Begzod S. bir-biriga zid ko‘rsatma berdi: Jasurning kollejdagi do‘sti va kursdoshi Temur o‘z ko‘rsatmalari davomida “razbor” uchun ko‘chaga chiqish taklifi Islom To‘laganovdan chiqqanini aytgan bo‘lsa, Jasurning yana bir o‘rtog‘i, partadoshi — Begzod Sobirov — yigitlarni tashqariga chaqirgan aslida Jasur ekanligini qat’iy ta’kidladi.

    O‘smirlarning fikri bitta joyda mos tushdi — ikkisi ham hamma (ya’ni Jasurning guruhdoshi — O‘lmas, 3-kurs talabalari — Hurmat va Temur, shuningdek, kursdoshlari Temur va Begzodlar) bu mojaro tinch yo‘l bilan hal etilishini xohlaganini aytdi.

    Temurning aytishicha, u Jasurni mushtlashuvdan qaytarishga harchand urinmasin, marhum bu taklifni qabul qilmagan.

    “Jasur Islom uning boshidagi jarohati haqida aytgan so‘zlari uchun javob berishini xohlardi”, — dedi u.

    Shundan so‘ng u hodisa ketma-ketligini tiklashga harakat qildi.

    “Urush ro‘y bergan kuni, 2-para vaqtida, o‘qituvchimizning iltimosiga ko‘ra axlat tashlab kelishga ko‘chaga chiqdim. Begzod va Jasur esa hojatga ruxsat oldi. Ketayotib yo‘lda Islomni uchratdim. Ikkimiz gaplashib qoldik. Orqamdan chiqqan Jasur Islomni ko‘rib: ‘Yur, gaplashib olaylik’ deb uni chetga chaqirdi. Ular axlatxona tomon o‘tdi. Suhbat o‘rtasida Jasur Islomning yuziga musht tushirdi”, — deb hikoya qildi sudda Temur.

    Birinchi guvoh — Temurning aytishicha, shundan so‘ng yigitlar “gaplashib olish uchun” ko‘chaga chiqishga qaror qilgan.

    Islom “bu yerda kameralar bor, ko‘chaga chiqaylik dedi”, o‘z hikoyasida davom etdi u va bu taklifga Jasur rozi bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

    Temurning aytishicha, Islom shu vaqt barsetkasini tashlab kelish bahonasida ichkariga yo‘l olgan, Begzod unga ergashgan.

    “Men esa Jasur bilan bordim. Shu yerda 3-kurs Temur va Hurmatlarni ko‘rib qoldim”, — dedi u.

    Barsetkasini darsxonasiga tashlab chiqqan Islomning yonida Begzoddan tashqari 2-kursda tahsil oladigan O‘lmas ham bo‘lgan.

    Temurning aytishicha, yigitlar ayro-ayro bo‘lib kollej binosidan chiqqach, 145-maktab qarshisiga kelgan. Guvohning aytishicha, Islom va Jasurni qolgan o‘smirlarning hammasi yo‘l-yo‘lakay mojarodan qaytarishga uringan, ammo bu urinishlar zoye ketgan.

    Maktab qarshisiga yetib kelgan Jasur va Islom ust kiyimlarini yechib, stoykaga turgan. Keyin esa urishib ketgan.

    “Urush boshida ular avval bir-birlarining yuziga soldi, keyin esa kurashishga kirishdi. Mana shu vaqtda Jasur va Islom muvozanatni saqlay olmay yiqildi”, — dedi Temur.

    Jasur va Islom yiqilgan mahal Islomning do‘sti O‘lmas ular tomon bormoqchi bo‘lgan.

    Temurning so‘zlariga qaraganda, shu payt u O‘lmasni quchoqlab olib, ularning yoniga borishga yo‘l qo‘ymagan.

    Begzod esa qulochini keng yoyib, O‘lmasning yo‘lini to‘sib turgan.

    Sudyaning “urushni kim bo‘lib birinchi boshladi va yigitlar qanday alfozda yiqildi” degan savollariga Temur aniqlik kirita olmadi.

    Shuni ta’kidlash lozimki, sud jarayoni davomida Temur o‘z ko‘rsatmalarida chalkashliklarga yo‘l qo‘ydi.

    Avvaliga “ko‘chaga chiqish taklifi Islomdan chiqqan edi” deb aytgan bo‘lsa, sud davomida advokatning savollariga javob bera turib, hammani ko‘chaga chaqirgan Jasur edi degan gapni aytdi.

    Advokatning “Nega siz yigitlar ketidan ergashdingiz?” degan savoliga Temur “do‘stim Jasurni yolg‘iz qoldirgim kelmadi” deya javob berdi.

    Temurning so‘zlariga ko‘ra, bolalar Jasur va Islomni ajratgan, lekin Jasur yana Islomga yopishib ketgan.

    “Men ortga o‘girilganimda, Jasur devor ostida yotardi. Islom uning ustida qo‘lini musht qilib turardi. Men Islomni itarib yubordim, Hurmat Jasurni turg‘azdi. Uning shimini qoqib, tozaladik. Jasurning burni qonagan edi. Islom Jasurga ro‘molchasini berdi. Mojaro yakunida Jasur Islom bilan boshqa urushishni xohlamasligini aytdi. Ular bir-biri bilan ‘besh tashlashib’ xayrlashdi”, — dedi guvoh hikoyasi davomida.

    Temurning aytishicha, Jasur mojarodan keyin o‘zini yaxshi his qilgan.

    Yigitlar tarqalishga qaror qilib, ortga yo‘l olgach, yo‘l chetida ikki ayolni ko‘rgan. Ular ayollardan yuvinib olsak bo‘ladimi, suvlaring bormi deb so‘ragan. Ular ruxsat bergach, Begzod stomatologiya yerto‘lasida Jasurni yuvintirib chiqqan, Temur esa darsga, 3-paraga yo‘l olgan.

    “Men kollejga kirib kelganimda Begzod qo‘ng‘iroq qilib, Jasurning ryukzagini olib kelishimni so‘radi. Men ryukzakni olib borganimda Jasurning yana burni qonayotganini ko‘rdim. Begzod salfetka olib kelish uchun do‘konga ketdi. Men shu vaqt Jasurdan u o‘zini qanday his qilayotganini so‘radim. Jasur faqat qorni og‘riyotganini, hojatga borishni xohlayotganini aytdi. U uyimga borib uxlab olsam, hammasi o‘tib ketadi dedi”, — deb hikoya qildi Temur.

    Yigitning hikoyasiga ko‘ra, Begzod salfetka olib kelgach, yigitlar Jasurning burnidagi qonni artib, uni taksiga o‘tqazib, uyiga kuzatgan.

    “Men Jasurni mashinaga o‘tqazayotib, uyingga borishing bilan qo‘ng‘iroq qil, deb tayinladim. Ammo oradan 15 daqiqa o‘tib, o‘zim qo‘ng‘iroq qildim. Jasur ‘Hammasi yaxshi’, dedi. Oradan yarim soat o‘tib yana hol so‘radim, u yana yaxshiligini aytdi. Bir soatdan keyin esa telefonimni ko‘tarmadi. Men ikki marta qo‘ng‘iroq qildim. Ko‘tarmagach, uyquga ketgan bo‘lsa kerak, degan xayolda boshqa bezovta qilmadim”, — ko‘rsatma berdi Bayazitov.

    Ammo marhumning onasi yollagan advokat sud davomida Jasurning telefon so‘zlashuvlari chiqartirilganini aytib, marhumga mojarodan keyin haqiqatda qo‘ng‘iroqlar bo‘lganini tasdiqladi, shu bilan birga Jasur birorta qo‘ng‘iroqqa javob bermaganini ma’lum qildi.

    Temur advokatning so‘zlaridan keyin ham Jasur uning qo‘ng‘irog‘iga shaxsan javob qaytargan degan gapidan qaytmadi.

    “Men Begzod yonimdaligida qo‘ng‘iroq qilganman. U ham eshitgan”, — dedi u.

    Sud davomida Temurdan oradan bir kun o‘tib, u nega kollejga qo‘li gipslangan holatda kelganligi haqida savol berildi.

    Temur bu savolga “yiqilib tushdim, meni ‘ekstrenniy’ TashMIga olib borishdi. U yerda tegishli ma’lumotnoma berishgan”, deb javob berdi. Temur qo‘li singanligi haqidagi ma’lumotnoma o‘zida yo‘qligini, uni prokuraturaga berishganini aytdi.

    Sud jarayonida yana bir guvoh — Begzod Sobirovning ko‘rsatmalari eshitildi.

    Ikkinchi guvoh o‘z ko‘rsatmalari davomida 3-may kuni haqiqatda o‘qituvchidan hojatga ruxsat so‘rab chiqqanini aytib, ko‘chada Islomga duch kelishganiga, keyin Jasur axlatxonaning yonida Islomning yuziga musht tushirganini so‘zlab berdi.

    “Men hech narsaga tushunmasdim. Nima bo‘lyapti, deb so‘rasam, hech kim javob bermasdi”, — dedi u.

    Begzodning ko‘rsatmalariga ko‘ra, hammani tashqariga chiqargan aslida Jasurligi ayon bo‘ldi.

    “Jasur Islomni ko‘chaga taklif qildi. Men Islom bilan darsxonaga ketayotganimizda, Jasur bilan to‘g‘ri yo‘l bilan gaplashib ol, deb tayinladim. Ko‘chaga chiqsak, 3-kurs Temur va Hurmat, Jasur bilan Temur turgan ekan”, — hikoyasini davom ettirdi guvoh.

    Begzodning aytishicha, Jasur bilan Islom urushib-urishib, shu yerdagi devor atrofiga o‘tib ketgan. Shu bois yigitlar bir-birlariga qanday zarba berganini u ko‘rmagan.

    “Mojarodan keyin Hurmat suv olib kelgach, Jasurning yuz-qo‘llarini yuvdik. Yo‘lda podvalga tushganimizda esa Jasurning qornida qizil oyoq izini ko‘rdim. ‘Qorning og‘rimayaptimi’ desam, ‘yo‘q, burnim og‘riyapti’ dedi”, — deya voqealar ketma-ketligini eslashda davom etdi Begzod.

    Begzodning so‘zlariga ko‘ra, uning travmotologiyaga olib boraymi, degan taklifiga Jasur unamagan.

    “‘Qornim og‘riyapti, hojatga borgim kelyapti’ degan gapidan so‘ng Temurga qo‘ng‘iroq qilib, Jasurning sumkasini olib kelishini so‘radim”, — dedi Begzod.

    Begzodning so‘zlariga ko‘ra, Borovskiy kolleji talabalari 4-may kuni Jasur Ibrohimov reanimatsiyaga tushganidan xabar topgan.

    Shu kunning o‘zida Borovskiy kollejiga tezkor xodim kelib, yigitlarni so‘roq qilgan.

    Shundan so‘ng ular IIBBga olib ketilgan va o‘sha yerda hammasidan ko‘rsatma olishgan.

    Guvoh advokat tomonidan berilgan “Sizlar bilan mojarodan keyin Islom To‘laganovning otasi alohida gaplashganmi?” degan savolga rad javobini berdi.

    “125 kilogramm vazningiz bilan shu ikki yigitni ajrata olmadingizmi? O‘zingizni shu hodisada bir oz xatoga yo‘l qo‘ydim deb hisoblaysizmi”, degan savollarga Begzod Sobirov “biz hammasi bunaqa yakun topadi deb o‘ylamagandik” deb ta’kidladi.

    Sudya sud jarayoni yakunida jarayonda ishtirok etuvchi guvohlar soni ko‘payib ketganini ma’lum qildi. Keyingi sud majlisi payshanba — 5-oktabrga belgilandi.

    03.10.2017, 20:21   Izoh (0)   50971
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Demir” o‘rnida ochilgan “Orzu”ning faoliyati to‘liq to‘xtadi. Sentabrda Ahmet Demir O‘zbekistonga yana investitsiya kiritishini bildirgan edi

    03.10.2017, 19:33

    Toshkentda Jasorat monumentidan Mustaqillik maydoniga olib chiquvchi yo‘l qayta tiklanmoqda

    03.10.2017, 18:53

    “Portlash bo‘lmagan”. “O‘zdavneftgazinspeksiya” Telegram’dagi kanal tarqatgan videoga raddiya berdi

    03.10.2017, 18:26

    “To‘qqiz qavatli Sergeli”da 2017-yilda to‘qqiz qavatli uylar kran yo‘qligi uchun qurilmadi

    03.10.2017, 17:44

    Toshkentdagi “Chorsu” mehmonxonasi va bozori o‘rtasidagi hududda turistik marshrut barpo etiladi

    03.10.2017, 17:16

    Toshkentdagi yangi binolarning ustki qismi ko‘pincha sarg‘ish rangga bo‘yalishi sabablari ma’lum qilindi

    03.10.2017, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mexiko shahrida merning kotibi va maslahatchisi otib o‘ldirildi

    Dunyo | 22 may, 00:10

    Baydenning sobiq shifokori uning qancha umri qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 21 may, 23:55

    Xitoyda 650 yillik qadimiy Nog‘ora minorasi tomi qulab tushdi

    Dunyo | 21 may, 23:45

    AQSHda xaker aloqa xizmati bazasiga kirib, 60 ga yaqin amaldorning ma’lumotlarini o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 may, 23:35

    Shavkat Mirziyoyev Lyublyanaga yetib bordi

    O‘zbekiston | 21 may, 23:20

    Ispaniyada Ukrainaning sobiq prezidenti maslahatchisi otib ketildi

    Dunyo | 21 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 21-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 21 may, 23:01

    Flik “Barselona” bilan shartnomani uzaytirdi

    Sport | 21 may, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.