O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh rahbari Donald Trampga maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Maktubda “Las-Vegas shahrida ko‘plab insonlar halok bo‘lishiga olib kelgan tinch aholi ommaviy o‘qqa tutilishi haqidagi ayanchli xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi” deyilgan.
Davlat rahbari AQSh prezidentiga samimiy hamdardlik bildirdi va nobud bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohat olganlarga dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, otishmada 58 kishi halok bo‘ldi, 515 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Otishma uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)